Har bir namuna umumiy holatlar uchun tayyorlangan — sizning vaziyatingizga moslashtirish uchun yuristdan maslahat oling.
Mol-mulkni xatlash to’g’risida iltimosnoma
Hukm chiqquncha kompaniya yoki uning rahbari mol-mulkni sotib yuborishi mumkin. Bu iltimosnoma bilan tergovchidan gumon qilinuvchi va kompaniya mol-mulkini xatlashni so’raysiz, shunda zararingiz shu mulk hisobidan qoplanishi mumkin bo’ladi (JPK 57, 290-moddalar). Hujjat ichida: 2025-yildan amal qilayotgan yangi tartib: tergovchi, prokuror va tergov sudyasi (8 soat ichida ko’rib chiqiladi); mol-mulk jadvali (xonadonlar, bank hisob raqamlari, avtomobillar); mulk qochirilishi xavfini qanday asoslash kerakligi; rad etilsa nima qilish kerakligi; yo’riqnoma, shablon, to’ldirilgan misol va tekshiruv varaqasi. Eng shoshilinch hujjat: qancha erta berilsa, mulkni saqlab qolish imkoniyati shuncha yuqori.
DOCX · 19 KB · 0 xarid qilingan
Jinoyat ishi doirasida fuqaroviy da’vo arizasi
To’lagan pulingizni jinoyat ishi ichida, davlat bojisiz qaytarishni talab qilish uchun ariza (JPK 276-modda). Unda tergovchidan sizni fuqaroviy da’vogar deb topishni va pul olgan kompaniyani fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilishni so’raysiz. Sud hukm chiqarishda da’voingizni ham hal qiladi. Hujjat ichida: da’vo bahosini hisoblash jadvali (to’langan summa va qo’shimcha zararlar, masalan ijara xarajatlari); da’voni qachongacha berish kerakligi: sud tergovi boshlangunga qadar; muhim ogohlantirish: da’vo rad etilsa yoki undan voz kechsangiz, qanday huquqlar yo’qoladi; yo’riqnoma, shablon, to’ldirilgan misol va tekshiruv varaqasi.
DOCX · 19 KB · 0 xarid qilingan
Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida ariza
Quruvchi kompaniya pulingizni olib, uy bermadimi? Kompaniya rahbari ushlangan yoki unga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilgan bo’lsa, birinchi qadam — tergov organiga ariza berib, o’zingizni jabrlanuvchi deb topishni so’rash. Jabrlanuvchi maqomi sizga dalil taqdim qilish, ish materiallari bilan tanishish va sudda ishtirok etish huquqini beradi (JPK 54, 55-moddalar). Hujjat ichida: arizani qayerga, qanday topshirish va nimalarni ilova qilish bo’yicha yo’riqnoma; to’ldirish uchun tayyor shablon; to’ldirilgan misol; topshirishdan oldin tekshiruv varaqasi. Jinoyat ishi hali qo’zg’atilmagan holatlar uchun ham mos. Davlat boji to’lanmaydi.
DOCX · 18 KB · 27 yuklab olingan
Multi radar (Uchoyoqdan) kelgan jarimani bekor qilish
o'chma radar yoki mobil kompleks (MultaRadar) qayd etgan tezlik jarimasini sud orqali bekor qildirmoqchi bo'lgan haydovchilar uchun. Namunada qaysi sudga, qaysi muddatda va qanday dalillar bilan murojaat qilish tushuntirilgan. Radar xususiy avtomobilga o'rnatilgani, sertifikat va dislokatsiya yo'qligi kabi asoslar 975-son Nizomning amaldagi tahriri bo'yicha yozilgan. Ichida: yo'riqnoma, bo'sh shablon, to'ldirilgan misol, tekshiruv varaqasi. Ichidagilar: 10 bo'limli yo'riqnoma; sariq maydonli shablon; to'ldirilgan misol; 11 bandli tekshiruv varaqasi Tavsiya etilgan narx: Pullik. Shikoyatda dalillarni asoslash va iltimoslar bor, oddiy ariza emas.
DOCX · 25 KB · 0 xarid qilingan
Vasiyatnoma namunasi
Vafotingizdan keyin mol-mulkingiz kimga o’tishini o’zingiz belgilash uchun notariusga tayyorlab boriladigan vasiyatnoma loyihasi. Namunada uchta asosiy variant bor: barcha mol-mulkni bir shaxsga qoldirish; aniq mulkni (uy-joy, avtomobil) ko’rsatib qoldirish; mulkni bir necha merosxo’rga ulushlarda bo’lish. Kerak bo’lsa, quyidagi ixtiyoriy bandlarni ham qo’shishingiz mumkin: zaxira merosxo’r tayinlash, merosdan mahrum etish, vasiyat majburiyati va vasiyatnoma ijrochisi. Faylda to’rt qism bor: Yo’riqnoma: qayerga borish, davlat boji (BHMning 5 foizi — 22 000 so’m), qanday hujjatlar kerak, majburiy ulush va imzolash qoidalari. Bo’sh shablon: to’ldiriladigan joylar sariq rangda, har biri ostida tushuntirish bor. To’ldirilgan misol: o’z holatingizni shu bilan solishtirib yozasiz. Tekshiruv varaqasi: notariusga borishdan oldin ko’zdan kechirish uchun. Namuna O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1120–1133 va 1142-moddalari asosida, 2026-yil oktabr holatidagi qonunchilik bo’yicha tayyorlangan. Eslatma: vasiyatnoma faqat notarius tasdig’idan keyin kuchga ega bo’ladi; namuna notarius maslahatini almashtirmaydi.
DOCX · 20 KB · 0 xarid qilingan
QARZNI UNDIRISH: TO’LIQ PAKET
Qarz bergan pulingiz qaytmayaptimi? Bu paket bilan yuristga murojaat qilmasdan, qarzni bosqichma-bosqich o’zingiz undirishingiz mumkin. Paket ichida: ✅ Talabnoma namunasi: qarzdorga rasmiy talab yuborish uchun ✅ Da’vo arizasi namunasi: sudga murojaat qilish uchun ✅ Da’voni ta’minlash arizasi: qarzdor mol-mulkini yashirib qo’ymasligi uchun ✅ Qarz tilxati namunasi: kelajakda qarz berganda o’zingizni himoya qilish uchun ✅ Qarzni undirish yo’l xaritasi: 4 bosqichda nima qilish kerak ✅ Dalillar cheklisti: tilxat bo’lmasa, qarzni nimalar bilan isbotlash mumkin ✅ Ko’p beriladigan savollarga javoblar Har bir namuna oldidan alohida tushuntirish sahifasi bor: qachon ishlatiladi, qanday to’ldiriladi, nimalarga e’tibor berish kerak. To’ldiriladigan joylar alohida belgilangan, faqat o’z ma’lumotlaringizni yozasiz. 📄 Format: Word (.docx), 14 sahifa. Tahrirlash va chop etish mumkin. 🗓 Yangilangan: 2026-yil oktabr 👨⚖️ Muallif: Yurist Asqar Abdullayev
DOCX · 29 KB · 0 xarid qilingan
Aliment undirish uchun ariza namunasi
Voyaga yetmagan farzand(lar) uchun aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i berish haqidagi ariza namunasi (Word). To‘ldiriladigan joylar sariq rangda belgilangan, oxirida esa sudga qaysi hujjatlar bilan va qanday topshirish kerakligi oddiy tilda tushuntirilgan.
DOCX · 19 KB · 0 xarid qilingan
Nikohdan ajratish haqida da’vo ariza namunasi
Nikohdan sud tartibida ajratish uchun tayyor da’vo ariza namunasi. Hujjat O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi va Oliy sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qaroriga asoslangan. Uni o’z ma’lumotlaringiz bilan to’ldirib, sudga topshirishingiz mumkin.
DOCX · 18 KB · 0 xarid qilingan
Alimentni kamaytirish
Sud aliment miqdorini, jumladan, quyidagi holatlarda kamaytirishi mumkin: aliment to‘lovchining boshqa voyaga etmagan bolalari bo‘lib, belgilangan aliment to‘lanishi natijasida ular aliment olayotgan bolaga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qolsa; aliment to‘lovchi ota yoki ona nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalayotgan bo‘lsa; aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo‘lsa.
DOCX · 17 KB · 2 xarid qilingan
Mehnat shartnomasi
Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv boʻlib, unga muvofiq xodim ish beruvchining manfaatini koʻzlab, ushbu kelishuvda belgilangan mehnat vazifasini uning rahbarligi va nazorati ostida shaxsan bajarish, ichki mehnat qoidalariga rioya etish majburiyatini, ish beruvchi esa xodimga shartlashilgan mehnat vazifasi boʻyicha ish berish, xodimga ish haqini oʻz vaqtida hamda toʻliq miqdorda toʻlash, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va ushbu kelishuvda nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflaridir.
DOCX · 16 KB · 0 xarid qilingan
Ishonchnoma (umumiy tusdagi)
Ishonchnoma nima va qachon kerak bo'ladi? Ishonchnoma — bir shaxs (ishonch bildiruvchi) ikkinchi shaxsga (ishonchli shaxsga) o'z nomidan muayyan harakatlarni bajarish vakolatini beradigan yozma hujjat. U shaxsan qatnasha olmaganingizda kerak bo'ladi: boshqa shaharda bo'lsangiz, kasal bo'lsangiz yoki vaqtingiz bo'lmasa. Eng ko'p uchraydigan holatlar — avtomobilni boshqarish va rasmiylashtirish, hujjat olish, bank operatsiyalari, mol-mulk bilan bog'liq bitimlar va sudda vakillik. Ishonchnoma bir tomonlama hujjat: uni faqat ishonch bildiruvchi imzolaydi, ishonchli shaxsning imzosi shart emas. Shu bilan birga ishonchli shaxs vakolatni qabul qilishga majbur emas. Ishonchnoma notarial tasdiqlanishi shartmi? Bu vakolat turiga bog'liq. Ko'pgina muhim harakatlar uchun — ko'chmas mulk bilan bitimlar, avtomobilni sotish yoki ro'yxatdan o'tkazish, bank hisoblari bilan ishlash, davlat organlarida hujjat rasmiylashtirish — notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etiladi. Oddiy yozma ishonchnoma faqat cheklangan holatlarda, masalan tashkilot ichidagi ba'zi vakolatlar uchun yetarli bo'lishi mumkin. Shuning uchun ushbu generator tayyorlaydigan matnni notariusga olib borish uchun asos sifatida ishlatish qulay: barcha ma'lumotlar oldindan to'ldirilgan bo'ladi va notariusda vaqt tejaladi. Ishonchnomada nimalar ko'rsatiladi? Majburiy elementlar: hujjat tuzilgan sana va joy (sanasiz ishonchnoma haqiqiy emas), ishonch bildiruvchi va ishonchli shaxsning to'liq ma'lumotlari, berilayotgan vakolatlarning aniq ro'yxati, amal qilish muddati va ishonch bildiruvchining imzosi. Vakolatlarni imkon qadar aniq yozish kerak. Juda keng yozilgan ishonchnoma xavfli — ishonchli shaxs siz ko'zda tutmagan harakatlarni ham bajarishi mumkin. Juda tor yozilgani esa amalda ishlamay qoladi: masalan «avtomobilni boshqarish» deb yozilsa, uni sotishga vakolat bo'lmaydi. Ishonchnoma qancha muddatga beriladi? Muddat ishonch bildiruvchi tomonidan belgilanadi va hujjatda ko'rsatiladi. Muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, ishonchnoma qonunchilikda belgilangan umumiy muddat davomida amal qiladi. Muddatning yuqori chegarasi ham qonun bilan cheklangan, shuning uchun uzoq muddat belgilamoqchi bo'lsangiz amaldagi normani tekshiring. Ishonchni boshqaga topshirish nima? Bu — ishonchli shaxsning o'z vakolatini uchinchi shaxsga o'tkazish huquqi. Agar bu huquq ishonchnomada ochiq berilmagan bo'lsa, ishonchli shaxs vakolatni boshqaga topshira olmaydi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu huquqni berish tavsiya etilmaydi: siz tanlamagan odam sizning nomingizdan ish yuritishi mumkin bo'ladi. Ishonchnomani bekor qilish mumkinmi? Ha, ishonch bildiruvchi ishonchnomani istalgan vaqtda bekor qilishi mumkin. Buning uchun ishonchli shaxsni va vakolat ishlatilishi mumkin bo'lgan tashkilotlarni xabardor qilish kerak. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma odatda notarius orqali bekor qilinadi. Bekor qilinganidan keyin ishonchli shaxs hujjatni qaytarishi lozim.
DOCX · 13 KB · 0 xarid qilingan