Yuridik savolingizga aniq va ishonchli javob
Savolingizni yuboring, malakali yurist ko'rib chiqadi va tezda javob beradi. Jarayonni real vaqtda kuzatib borasiz.
Qanday ishlaydi?
Savolni yozing
Vaziyatni tavsiflang va savol yoki murojaat ko'rinishida yuboring.
Yurist ko'rib chiqadi
Mos sohadagi litsenziyalangan yurist murojaatingizni tekshiradi.
Javobni oling
Batafsil javob va kerakli hujjatni yuklab oling, baholang.
Yuridik maqolalar
Siz uchun foydali va dolzarb maqolalar
Hujjat namunalari
Tayyor shablonlardan foydalanib, vaqtingizni tejang
Mol-mulkni xatlash to’g’risida iltimosnoma
Hukm chiqquncha kompaniya yoki uning rahbari mol-mulkni sotib yuborishi mumkin. Bu iltimosnoma bilan tergovchidan gumon qilinuvchi va kompaniya mol-mulkini xatlashni so’raysiz, shunda zararingiz shu mulk hisobidan qoplanishi mumkin bo’ladi (JPK 57, 290-moddalar). Hujjat ichida: 2025-yildan amal qilayotgan yangi tartib: tergovchi, prokuror va tergov sudyasi (8 soat ichida ko’rib chiqiladi); mol-mulk jadvali (xonadonlar, bank hisob raqamlari, avtomobillar); mulk qochirilishi xavfini qanday asoslash kerakligi; rad etilsa nima qilish kerakligi; yo’riqnoma, shablon, to’ldirilgan misol va tekshiruv varaqasi. Eng shoshilinch hujjat: qancha erta berilsa, mulkni saqlab qolish imkoniyati shuncha yuqori.
DOCX · 19 KB · 0 xarid qilingan
Jinoyat ishi doirasida fuqaroviy da’vo arizasi
To’lagan pulingizni jinoyat ishi ichida, davlat bojisiz qaytarishni talab qilish uchun ariza (JPK 276-modda). Unda tergovchidan sizni fuqaroviy da’vogar deb topishni va pul olgan kompaniyani fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilishni so’raysiz. Sud hukm chiqarishda da’voingizni ham hal qiladi. Hujjat ichida: da’vo bahosini hisoblash jadvali (to’langan summa va qo’shimcha zararlar, masalan ijara xarajatlari); da’voni qachongacha berish kerakligi: sud tergovi boshlangunga qadar; muhim ogohlantirish: da’vo rad etilsa yoki undan voz kechsangiz, qanday huquqlar yo’qoladi; yo’riqnoma, shablon, to’ldirilgan misol va tekshiruv varaqasi.
DOCX · 19 KB · 0 xarid qilingan
Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida ariza
Quruvchi kompaniya pulingizni olib, uy bermadimi? Kompaniya rahbari ushlangan yoki unga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilgan bo’lsa, birinchi qadam — tergov organiga ariza berib, o’zingizni jabrlanuvchi deb topishni so’rash. Jabrlanuvchi maqomi sizga dalil taqdim qilish, ish materiallari bilan tanishish va sudda ishtirok etish huquqini beradi (JPK 54, 55-moddalar). Hujjat ichida: arizani qayerga, qanday topshirish va nimalarni ilova qilish bo’yicha yo’riqnoma; to’ldirish uchun tayyor shablon; to’ldirilgan misol; topshirishdan oldin tekshiruv varaqasi. Jinoyat ishi hali qo’zg’atilmagan holatlar uchun ham mos. Davlat boji to’lanmaydi.
DOCX · 18 KB · 27 yuklab olingan
Multi radar (Uchoyoqdan) kelgan jarimani bekor qilish
o'chma radar yoki mobil kompleks (MultaRadar) qayd etgan tezlik jarimasini sud orqali bekor qildirmoqchi bo'lgan haydovchilar uchun. Namunada qaysi sudga, qaysi muddatda va qanday dalillar bilan murojaat qilish tushuntirilgan. Radar xususiy avtomobilga o'rnatilgani, sertifikat va dislokatsiya yo'qligi kabi asoslar 975-son Nizomning amaldagi tahriri bo'yicha yozilgan. Ichida: yo'riqnoma, bo'sh shablon, to'ldirilgan misol, tekshiruv varaqasi. Ichidagilar: 10 bo'limli yo'riqnoma; sariq maydonli shablon; to'ldirilgan misol; 11 bandli tekshiruv varaqasi Tavsiya etilgan narx: Pullik. Shikoyatda dalillarni asoslash va iltimoslar bor, oddiy ariza emas.
DOCX · 25 KB · 0 xarid qilingan
Aloqa va bog'lanish uchun
Savollaringiz bormi? Biz ijtimoiy tarmoqlarda ham faolmiz
Biz har doim aloqadamiz!
Savollaringizga tez va ishonchli javob olish uchun ijtimoiy tarmoqlarimizga a'zo bo'ling.
Maxfiylik kafolati
Murojaatingiz faqat mas'ul yuristga ko'rinadi
24 soat ichida javob
Har bir murojaatga javob muddati nazorat qilinadi
Malakali yuristlar
Har bir yuristning malakasi tekshirilgan




