Shaxs mastlik holatida jinoyat sodir etsa, unga nisbatan yanada og‘irroq jazo tayinlanadimi?
JAVOB:
Savolga amaldagi Jinoyat kodeksidan aniq javob topish mumkin. Jumladan, ushbu kodeksning 19-moddasiga (mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik) ko‘ra, mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi.
Mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aqlidrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksining 56-moddasiga (jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar) asosan, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
